Imkoniyati cheklangan talabalar bilan ishlashda duch kelinadigan muammolar va ularning yechimiga qaratilgan “Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ZOOM platformasida onlayn tarzda oʻtgan seminarda Andijon davlat tibbiyot institutining tyutorlari ishtirok etdi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan oliy taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan imkoniyati cheklangan talabalar bilan muloqot qilish, ularga koʻmaklashish, taʼlim berishda nimalarga ahamiyat qaratish lozim ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot, takliflar va topshiriqlar berildi.