![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2022/01/photo_2022-01-28_10-11-55.jpg)
Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlariga ilmiy kengashlar zalida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali oʻquv soati oʻtkazildi.
Oʻquv soatida Spikerlar Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Saʼdullayev, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori U.Haydarov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar maʼmuriyatchiligi departamenti Davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ishini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi A.Akromov “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish masalalari” boʻyicha hamda Adliya vazirligi bosh maslahatchisi D.Rajabov Huquqiy savodxonlik, yaʼni hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati borasida maʼlumotlar berdi.
Shuningdek, oʻquv soatida Oʻzbekiston va xorijdagi muhim jarayonlfrga ham to’xtalib o’tildi.