alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTIMIZDA GERMANIYALIK BIOMUXANDIS ROGER SHMITT TOMONIDAN O’TKAZILADIGAN TRENINGLARGA START BERILDI

21:20 01.02.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti bosh shtab kvartirasida tibbiy jihozlar boshqaruvi boshqarmasi boshlig’i lavozimida faoliyat ko’rsatgan, 2011–2019-yillarda O’zbekistonda Germaniya xalqaro hamkorlik loyihalari eksperti bo’lgan, biomuhandis Roger Shmitt institut rektori M.Madazimov bilan uchrashdi. Unda trening tashkil qilish jarayonlari, hamkorlik masalalarida suhbat olib borildi.

Shundan so’ng, biomuhandis Roger Shmitt tomonidan tibbiy asbob-uskunalarni texnik taʼmirlashini muvaffaqiyatli rejalashtirish, samarali foydalanish va o‘qitishlarni amalga oshirish bo’yicha 18 soatlik treningini birinchi kun mashg’ulotlari o’tkazildi. Unda TXKMRM, tibbiy texnika va innovatsion texnologiyalar kafedrasi dotsenti, jamoat salomatligi bo’yicha filologiya fanlari doktori N.Murotova, TXKMRM, tibbiy texnika va innovatsion texnologiyalar kafedrasi assistenti, magistr biomuhandis J.Urolboyev, Samarqand viloyat perinatal markazi, laparoskopiya o’quv dasturi rahbari M.Adilova, institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Salohiddinov, barcha viloyatlar ko’p tarmoqli tibbiyot markazlari direktor va direktor o’rinbosarlari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Trening davomida mutaxassis tomonidan yig’ilganlar uchun qiziqarli va foydali bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etish bilan birga, ishtirokchilarning savollariga ham atroflicha javob berildi.

Ma’lumot uchun, mazkur trening Tibbiy xodimlar kasbiy malakasini rivojlantirish markazi hamda Germaniya Federativ Respublikasining “Katta ekspertlar xizmati” (SES) tashkiloti bilan hamkorlik doirasida xalqaro mutaxassisni jalb etgan holda tashkil qilindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!