JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

18:50 05.02.2026

Tadbirda institut rektori M. Madazimov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S. Salohiddinov, profilaktika inspektori J. Xo‘jayev, shuningdek, bo‘lim boshliqlari va tyutorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishni institut rektori M. Madazimov ochib berdi va o‘z nutqida oliy ta’lim muassasasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, talaba-yoshlarni turli salbiy holatlardan asrash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Rektor tomonidan institutda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar tizimli ravishda tashkil etilayotgani, ayniqsa, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish orqali bunday holatlarning oldini olish mumkinligi ta’kidlandi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida amaldagi qonun hujjatlari, huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid normativ-me’yoriy hujjatlar mazmuni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Profilaktika inspektori J. Xo‘jayev tomonidan yoshlar o‘rtasida huquqiy tushunchalarni mustahkamlash, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalarga to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish muhimligi alohida qayd etildi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga ushbu yo‘nalishda ishlarni yanada kuchaytirish, talabalar bilan individual ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, davra suhbati davomida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi «Uzluksiz taʼlim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida» gi 34-sonli qarori haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Skip to content