alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KADRLAR TAYYORLASH SIFATIGA ALOHIDA E’TIBOR QARATILDI

18:26 11.04.2022

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 14- martdagi buyrug’I ijrosini ta’minlash,  institutda ijtimoiy-psixologik  jarayonni sotsiologik o‘rganish va psixologik tahlil qilish, institutda 2021-2022-o‘quv yili mobaynida psixoprofilaktik, diagnostik, korreksion va maslahat ishlari hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun sog‘lom psixologik muhit yaratish va ular shaxsining rivojlanishi uchun optimal shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida institut psixologi O‘.Arziqulov tomonidan kafedralardagi professor-o‘qituvchilar bilan davra suhbatlari tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish, barkamol shaxsni tarbiyalash hamda to‘laqonli psixologik taraqqiyotini ta’minlash maqsad qilib olindi.

Bundan tashqari kafedralarda tuzilgan “Ma’naviyat kuni” rejasi asosida ijarada turuvchi talabalarning turar joy xonadonlariga borib, talabalarning muammolari, psixologik holatlarini o‘rganib, bular to‘g‘risida institut psixologiga hamda rahbariyatga ma’lumot va takliflar berish kerakligi aytib o‘tildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!