21-may – Kutubxonachilar kuni munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti Axborot-resurs marazida “Kasbim-faxrim” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida markaz rahbari M.Ahmedova bugungi kunda markaz faoliyati, kitobxonlarga xizmat koʻrsatish darajasi, kafedralar bilan hamkorlikda olib borilayotgan amaliy ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berib, hamkasblarini bayram bilan qutladi.
Markaz xodimlari tomonidan tashkil etilgan badiiy chiqishlar, qoʻshiqlar. Qiziqarli shartlar tadbirga yanada quvnoqlik va fayz kiritdi.
Institut axborot xizmati bo’limi ham mazkur bayram bilan kutubxonachi opalarimizni chin dildan muborakbod etamiz!