"Klinik tibbiyotning dolzarb masalalari haqida eskpertlarning fikri" xalqaro ilmiy-amaliy anjuman – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

"Klinik tibbiyotning dolzarb masalalari haqida eskpertlarning fikri" xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

16:02 24.10.2019

2019 yil 23-24 oktiyabr  kunlari Andijon Davlat tibbiyot institutining ilmiy kengashlar zalida VMOF, UASh malakasini oshirish va qayta tayyorlash  kafedrasi va neonatologiya  xodimlari tashkilotchiligida «Klinik tibbiyotning dolzarb masalalari haqida eskpertlarning  fikri»- mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi.

Anjumanga  Rossiya Federatsiyasining  Kazan neyrohirurgiya  va tibbiy genetika Davlat tibbiyot universiteti  nevrologiya kafedrasi mudiri t.f.d.  professor Eduart  Zakirzyanovich Yakupov; V.P.Komisarenko nomli Ukraina tibbiyot fanlari Ilmiy Akademiyasining Endokrinologiya va moddalar almashinuvi ilmiy tekshirish instituti  profilaktik diabetalogiya  bo’limi mudiri t.f.d. professor Boris Nikitovich Mankovskiy, A.Aliyev nomli Azarbaydjon Davlat vrachlar malakasini oshirish instituti   terapiya kafedrasi mudiri t.f.d. professor Mirzazade Valex Agasafa o’g’li taklif etildi.

Anjumanda kafedra mudirlari boshchiligida barcha professor- o’qituvchilar va Farg’ona, Andijon, Namangan viloyatlaridan kelgan malaka oshirish kursi tinglovchilari qatnashdilar. Anjuman yuqori saviyada, zamonaviy fan va amaliyot yutuqlaridan foydalangan holda o’tkazildi.

Gulchehra Nazarova,

ADTI  UASh malakasini oshirish va

qayta tayyorlash  kafedrasi mudiri

Skip to content Click to listen highlighted text!