![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2022/01/photo_2022-01-19_16-07-44.jpg)
Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimlari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosarlari ishtirokida Maʼnaviyat kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov olib bordi.
Unda bir qator kun tartibidagi masalalar ko‘rildi. Talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, odob-ahloq hamda kiyinish madaniyatiga qat’iy amal qilish borasida so‘z bordi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida institut rasmiy veb-saytida har bir bo‘limda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni muntazam joylashtirib borish, talabalarning o’tkazilayotgan onlayn tanlovlarda faolliklarini yanada oshirish yuzasidan dekanlar o’rinbosarlariga kerakli topshiriqlar berildi.