Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Marhamat tumani “Qovunchi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi “qizil” toifaga kiruvchi 80 nafar yoshlar bilan institut rektori boshchiligida mas’ullar doimiy tarzda uchrashib kelmoqdalar.
Uchrashuvlar davomida yoshlarning muammolari tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar tizimli tarzda amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 25-iyul kuni ham mas’ullar “Qovunchi” mahallasidagi “Oltin meros” ko‘chasida yashovchi 10 nafardan ziyod yoshlar xonadonlarida bo‘lib, yoshlar hamda ularning ota-onlari bilan suhbatlashdilar. Suhbat davomida mahalla yoshlari bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlikdan minnatdor ekanliklarini, uchrashuvlarda aytilgan muammolar o‘z yechimini topayotganligidan mamnunliklarini bildirdilar.