Bugun, 6-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektoriga biriktirilgan Marhamat tumani, «Qovunchi» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi qizil toifaga kiritilgan yoshlar bilan institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov va yoshlar yetakchisi F.Xabibullayev, mahalla imom hatibi S.Boltaboyev birgalikda uchrashdi.
Navbatdagi uchrashuvdan maqsad biriktirilgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashish, sharoit va muammolarini o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishdan iborat bo‘ldi.
Unda mas’ullar 4 nafar yoshlarning xonadonlarida bo‘lib, ularning oila a’zolari bilan suhbatlashdi.
Unda yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, maslahatlar berildi. Shu hilan birga ayni paytda xorijda mehnat qilayotgan yoshlarning ota-onalari va o‘zlari bilan ham suhbatlar o‘tkazildi. Ular bu kabi e’tibor va g’amxo’rlik g’amxo’rlikdan mamnun ekanini bildirdi.