alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«MA’RIFAT ULASHIB» LOYIHASI DOIRASIDA KONSERT DASTURI BO‘LIB O‘TDI

14:40 05.06.2024

Bugun, 5-iyun kuni Andijon shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash hamda Stomatologiya fakultetlari tomonidan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida konsert dasturi o‘tkazildi.

Tadbir avvalida Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduxalimov, Davolash fakulteti dekani B.Mamatov so‘z olib, kuy-qo‘shiqlarning insonlarga ijobiy ta’siri haqida so‘z yuritdi va barchaga maroqli hordiq tiladilar.

Shundan so‘ng, fakultetlarning iqtidorli talabalari tomonidan she’r, qo‘shiq va raqslar mahorat bilan ijro etildi. Institutning “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasi tomonidan qiziqarli chiqishlar barchaning yuziga kulgu ulashdi.

Tadbir davomida shahrimizdagi harbiy qism qorovul qo‘shinlari tomonidan harbiy chiqishlar namoyish etildi. Institutning xorijlik talabalari ham o‘z raqslari bilan ishtirok etdi.

Konsert dasturida “Maqomchilar ansambli” xonanda va sozandalari tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar mahorat bilan ijro etildi. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandalarining sho‘x qo‘shiqlari barchani davraga chorladi.

Mazkur konsert dasturida nafaqat institut jamoasi balki aholi vakillari ham faol ishtirok etib, maroqli hordiq oldilar. Shuningdek, konsert yakunida faol qatnashchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!