alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MAS’ULLAR IJARA XONADONLARIDA O‘RGANISH ISHLARINI OLIB BORDILAR

19:31 09.02.2024

Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Pediatriya fakulteti dekani R.Raxmonov, institut Profilaktika katta inspektori J.Xo‘jayev, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtish bo‘limi boshlig‘i D.Matmusayev va tyutorlar tomonidan ijara xonadonlari o‘rganilib, talabalar va ijara xonadonlari egalari bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Unda mas’ullar Shimoliy kichik daha hududida yashovchi Pediatriya fakulteti talabalarining ijara uylaridagi texnika, elektr, tabiiy gaz vositalarining sozligi nazoratdan o‘tkazdilar. Talabalar bilan suhbat jarayonida ularning muammo va takliflari tinglanib, ular yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 605-sonli qaroriga muvofiq talabalarning ijara to‘lovini bir qismini qoplab berilishi haqida talabalarga tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, talabalarga odob-axloq qoidalariga rioya qilish, xonalarni ozoda saqlash va oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatlariga e’tiborli bo‘lishlari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!