
Bugun, 22-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Xotin-qizlar bilan ishlash bo’limi tomonidan «Mehnati bilan mehr ulashganlar ayollar» mavzusida institutning ishchi-xodimalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirni Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova kirish so‘zi bilan ochib, xodimalarning mehnati, ularning jonkuyarliklarini e’tirof etdi.
-Sizlarni «qo‘li gul» insonlar desak aslo xato bo’lmaydi. Institutimizning obodligi, turfa gullar chiroy ochib, yashab turishida har biringizni muhim xissangiz bor – dedi, G.Xolmatova.
Tadbir davomida institutning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq, kiyinish madaniyatiga oid muhim ma’lumotlar aytib o‘tildi.
Shuningdek, G.Xolmatova tomonidan barcha ishchi-xodimalarga maxsus ish kiyimlari taqdim etildi.