alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MILLATLARARO TOTUVLIK VA BAG‘RIKENGLIK TARANNUM ETILDI

21:11 24.11.2022

Yurtimizda turli millat vakillari bir oiladek istiqomat qiladi. Ularning urf-odat va anʼanalari alohida qadrlanadi. Bu esa xalqimizning mehmondo‘stligi va bag‘rikengligidan dalolatdir. Andijon davlat tibbiyot institutida ayni shu bag‘rikenglikni tarannum etuvchi “Bu muqaddas vatanda azizdir inson, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik, barqarorlik omili” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib, mahalliy va xorijiy talabalarga darslarda hamda shu kabi madaniy-maʼrifiy tadbirlarda birdek faol, hamjihat, do‘stona munosabatda bo‘lishlarini taʼkidladi.

Shundan so‘ng, ijodiy kecha boshlanib, turli millat vakillari bo‘lgan talabalar o‘zlarining milliy kuy-qo‘shiqlarini, raqslarni ijro etdilar. Hozirgi kunda institutimizda 12 ta davlatdan kelgan, 300 nafardan ziyod xorijiy talabalar tahsil olmoqda.

O‘zbekistonlik talabalar xorijlik talabalarni, xorijliklar esa o‘zbek milliy qo‘shiqlarini ijro etganliklari tadbirning kulminatsion nuqtasi bo‘ldi. Bu esa talaba-yoshlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmat nishonasidir.

Konsert dasturlari yakunida barcha ishtirokchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!