Jismoniy faollikda ayollarga teng keladigani yoʻq. Ishda, uy yumushlarida doimo harakatda. Shunday boʻlsa-da maʼlum bir sport turi bilan shugʻullanishning zavqi boʻlakcha.
Andijon davlat tibbiyot institutining ayol tyutorlari va xodimalari oʻrtasida voleybol sport turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.
Kimdir toʻpni nishonga moʻljallay olgan boʻlsa, kimdir buning uddasidan chiqa olmadi. Lekin shunda ham oʻyin qiziqarli oʻtdi. Chunki gap mohirona musobaqa koʻrsatishda emas, jismonan chiniqishda. Ishdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishda…