
Andijon davlat tibbiyot institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror, Farmonlari, Majlis bayonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar va Sogʻliqni saqlash vazirliklari tomonidan yuborilayotgan hujjatlar, topshiriqlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushayotgan murojaatlar ijrosini taʼminlash, sayyor qabullarning natijadorligini oshirish, ish yuritishni tizimli tashkil etish, har bir murojaatlarni qisqa muddatlarda har tomonlama sinchiklab koʻrib chiqish va qonun doirasida hal etilishini taʼminlash, nazorat ishlarini kuchaytirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Andijon davlat tibbiyot institutida “Edo.ijro.uz” tizimiga institut rektorining 2023-yil
15-sentabr kungi T-0912-sonli buyrugʻi bilan Axborot va texnologiyalar boʻyicha prorektor J.A.Jahongirov, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi masʼul etib belgilangan.
Hozirgi kunda ushbu tizimdan barcha prorektorlar, boʻlim boshliqlari va fakultet dekanlari, kafedralar mudirlari foydalanib kelmoqda (jami 50 ta rahbar xodim). Barcha kiruvchi va chiquvchi hujjatlarni roʻyxatga olish ushbu tizim orqali amalga oshiriladi va ijro nazorati yuritiladi.
“Edo.ijro.uz” elektron tizimiga kiritilgan hujjatlar va topshiriqlarni oʻz muddatlarida ijrosini taʼminlash chorasini koʻrish hamda haqqoniy maʼlumotlarni sifatli kiritilishi rahbar xodimlar tomonidan doimiy nazoratga olingan institutda yuritilayotgan barcha ish hujjatlari “edo.ijro.uz” idoralararo elektron tizimiga toʻliq oʻtkazilgan.
Andijon davlat tibbiyot institutining “Edo.ijro.uz” tizimiga 2025-yilning shu davriga qadar jami 963 ta koʻrsatma, buyruq, topshiriqlar kelib tushib nazoratga olingan, undan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligidan 447 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligidan 178 ta, viloyat hokimligidan 35 ta, boshqa tashkilotlardan 303 ta roʻyxatga olinib, ularning bajarilishi nazorat va monitoring boʻlimi xodimlari tomonidan qatʼiy nazorat ostiga olingan ijrosi belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushayotgan murojaatlar ijrosini taʼminlash, sayyor qabullarning natijadorligini oshirish, ish yuritishni tizimli tashkil etish, har bir murojaatlarni qisqa muddatlarda har tomonlama sinchiklab koʻrib chiqish va qonun doirasida hal etilishini taʼminlash, nazorat qilish ishlari kuchaytirilgan.
Andijon davlat tibbiyot institutiga 2025-yil mobaynida jami 18 ta murojaat kelib tushgan, shundan murojaatchilar tomonidan 5 ta (27.7 foiz) yozma, 3 ta (16.6 foiz) virtual qabulxona orqali kelgan, 10 ta (55.7 foiz) ogʻzaki murojaatlar kelib tushgan va belgilangan muddatlarda ijrosi qonun doirasida barchasi bajarilgan.
Mazkur murojaatlarning 15 tasi (83.3 foiz) qanoatlantirilgan, 3 tasi (16.6 foiz) huquqiy maʼlumot berilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishda, murojaatlarda koʻtarilgan muammolarning amaliy yechimlarini topishda alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining tasdiqlangan sayyor qabullar jadvali asosida ish tashkil etilib, Andijon viloyatining 4 ta shahar va tumanlarida ommaviy sayyor qabul doirasida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkillashtirildi hamda sayyor qabullar oʻtkazildi.
Sayyor qabul doirasida jami 97 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, 36 tasi (37.1 foiz) joyida qanoatlantirildi, 26 tasi (27.8 foiz) mutasaddi tashkilotlarga yoʻnaltirildi, 35 tasi (36 foiz) ga huquqiy maʼlumot berildi.