NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

15:01 27.09.2023

Bugun, 27-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi Imiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar va ilmiy kengash a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida fan nomzodlari, respublika va xalqaro ko‘rik tanlovlar g‘oliblari taqdirlandilar. Shuningdek, institutning Travmatologiya, ortopediya va neyroxirurgiya kafedrasi o‘qituvchisi K.Mamajonov “Institutning faxriy dotsenti” etib saylandi.

Shundan so‘ng, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonovning «O‘zbеkiston — 2030» stratеgiyasida tibbiyot va ta’limga qaratilgan masalalar yuzasidan ma’ruzasi tinglandi.

Unda «O‘zbеkiston — 2030» stratеgiyasidan joy olgan 5 ta ustuvor yoʻnalish hamda 100 ta maqsad bilan tanishtirib o‘tildi va ular orasidagi oliy ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, kafedralardagi 9 oylik reyting natijalari holati tahlili yuzasidan ilmiy bo‘lim boshlig‘i G.Mamatxo‘jayevaning ma’ruzasi tinglandi. Yig‘ilish kun tartibidan joy olgan tanlov bo‘yicha saylov, ilmiy ma’lumotlar ham ko‘rib chiqildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!