Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAVBATDAGI MA’NAVIYAT KENGASHI YIG‘ILISHI TURLI SPORT TADBIRLARINI O‘TKAZISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA BAG‘ISHLANDI

14:15 27.05.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida ma’naviy-ma’rifiy masalalarga bag‘ishlangan ma’naviyat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori maslahatchisi H.Zokirov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Salohiddinov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov, fakultet dekani o‘rinbosarlari, tyutorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida talabalarning institut odob-ahloq qoidalariga, kiyinish madaniyatiga rioya qilishlari, Talabalar turar joyida, ijarada yashayotgan yoshlar holidan xabar olish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda turli tadbir va tanlovlarni tashkil etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek,  Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sport ta’limini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorida belgilab berilgan vazifalar, talabalarni va institutga biriktirilgan mahalalarning uyushmagan yoshlarini turli sport mashg‘ulotlariga jalb etish borasida fakultet dekani o‘rinbosarlari va tyutorlarga kerakli topshiriqlar berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!