alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAVBATDAGI REKTOR YIG‘ILISHI SHAHRIXON TUMANIDA O‘TKAZILAYOTGAN CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY-KO‘RIKLARGA BAG‘ISHLANDI

18:35 06.10.2021

NAVBATDAGI REKTOR YIG‘ILISHI SHAHRIXON TUMANIDA O‘TKAZILAYOTGAN CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY-KO‘RIKLARGA BAG‘ISHLANDI

Ma’lumki, 2021-yil 29-sentabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida bo‘lib, professor-o‘qituvchilar va shifokorlar bilan muloqot o‘tkazgan edi. Uchrashuv chog‘ida klinikani to‘liq rekonstruksiya qilib, uning negizida vodiy aholisi uchun kardiologiya, neyroxirurgiya, ko‘z kasalliklari va urologiya bo‘yicha murakkab operatsiyalar o‘tkazadigan tibbiyot markazi tashkil etishga ko‘rsatma berdi.

Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar ijrosi yuzasidan bugun ilmiy kengashlar zalida navbatdagi rektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda prorektorlar, fakultet dekanlari va uning o‘rinbosarlari, prefessor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ishlarini himoya qilgan 3 nafar professor-o‘qituvchilar hamda “TexnoWays” innovatsion rivojlanish marafonining V mavsum viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan “Yosh akademiklar” jamoasi munosib taqdirlandi.

Shundan so‘ng kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Rektor M.Madazimov institut klinikasini qayta rekonsturksiya qilish ishlari hamda eng so‘nggi tibbiy jihozlar bilan ta’minlanishi, amalga oshirilajak ishlar xususida ma’lumot berib o‘tdi. Davlatimiz rahbari topshirig‘iga binoan Shahrixon tumanida o‘tkazilayotgan 20 kunlik chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarda Andijon davlat tibbiyot institutidan biriktirilgan mutaxassislarga kerakli ko‘rsatma va vazifalar berdi. Shuningdek yig‘ilish davomida talabalarni o‘qitish jarayonida sifatli va samarali ta’lim berish, 2021-yil 24-oktabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovida faol ishtirok etish va talabalarga nomzodlar to‘g‘risida ma’lumot berish, talabalar o‘rtasida kiyinish va odob-ahloq qoidalariga amal qilishlarini nazorat qilib borish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!