Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan «Xo‘tanariq» MFYda » Yangi O‘zbekistonda demokratik saylovlar» mavzusida institut volontyor yoshlar guruhi tomonidan saylovoldi targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Prezident saylovi – mamlakat ahli uchun ulkan sinov, buyuk imkoniyat ekanligi, yurt ahlida Vatan taqdiriga dahldorlik tuyg‘usi, xalqning hamjihatligi va saylovchilarning faolligiga pandemiya bilan bog‘liq muammolar aslo monelik qila olmasligi haqidagi fikrlar tahliliy misollar bilan tinglovchilarga yetkazildi. Targ‘ibot ishlari mahallalarimizda davom etadi.