Andijon davlat tibbiyot instituti huzuridagi vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining ”Ichki kasalliklar, kardiologiya va tez tibbiy yordam” va “Nevrologiya, psixiatriya, yuqumli kasalliklar, ftiziatriya, umumiy gigiyena va epidemiologiya” kafedralari hamkorligida «Nevrologiyaning dolzarb muammolari» mavzusida onlayn xalqaro Kongress o‘tkazildi.
Unda Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti, Belarus Respublikasi Vitebsk xalqlar do‘stligi ordeni tibbiyot universiteti, Qozog‘iston Respublikasi M.Ospanov nomidagi tibbiyot universiteti, Donesk Respublikasi milliy tibbiyot universiteti, AQSh Vashington klinik ta’lim universiteti va Samarqand Davlat tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti professor -o‘qituvchilari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Andijon davlat tibbiyot institutidan fakultet dekani t.f.d. X.Tursunov, kafedra mudiri professor N.Mamasoliyev va kafedra mudiri dotsent N.Nasirdinovaning ma’ruzalari e’tirofga sazovor bo‘ldi.