Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OLIMPIADA G‘OLIBLARIMIZ MUNOSIB KUTIB OLINDI

11:56 22.04.2022

Xabaringiz bor, Rossiya Federatsiyasining Maxachkala shahrida Dogʻiston davlat tibbiyot universiteti tomonidan “Human Matrix” 2-Butunrossiya olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Unda Andijon davlat tibbiyot institutining 2 ta jamoasi munosib ishtirok etdi va Normal fiziologiya fani va bemorga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish boʻyicha egallayotgan bilimlarini namoyish eta oldilar.

Olimpiadada 10 dan ortiq davlatlarning jamoalari qatnashdi. 2 kun davom etgan olimpiadada jamoalar darslarda olgan amaliy ko‘nikmalarni tez va sifatli bajarib, hakamlar hay’atining savollariga to‘liq va batafsil javob berdilar. Quvonarlisi, bizning talabalar bemorga tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 1-o‘rinni hamda Normal fiziologiya fani bo‘yicha esa “Jamoaviy ruh uchun” (“За командий дух”) nominatsiyasi kubogini qo‘lga kiritdilar.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, mazkur jamoalar 2018-yildan buyon Respublikamizning tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda aholimizga tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazib kelishmoqda.

Yana bir quvonarli jihat, olimpiadada institutning Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi mudiri bosh hakam sifatida qatnashdi.

Bugun g‘olib talabalarimizni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda so‘z olgan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov yoshlarimizning yutuqlari bilan qutlab, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, erishayotgan muvaffaqqiyatlari, har bir talaba ham o‘qisa, izlansa, albatta mana shunday e’tiborlarga loyiq bo‘la olishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida g‘oliblar institut tomonidan munosib taqdirlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!