alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OLIY TА’LIMGА KIRISH IMTIXONLАRIDА SHАFFOFLIKNI TА’MINLАSH KOʼZDА TUTILDI

16:59 06.04.2021

Bugun institutimizda Davlat test markazi direktorining 2021-yil 29-martdagi 01-203-sonli buyrugʼi hamda DTMning 84-02-858-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida DTMning Аndijon viloyati boʼlimi xodimlari ishtirokida institutimizning guruh nazoratchisi vazifasiga tavsiya qilingan 35 nafar professor-oʼqituvchi va pedagoglari uchun “Oliy taʼlim muassasalari bakalavriyatiga 2021/2022-oʼquv yili uchun oʼqishga qabul qilish test sinovlarini oʼtkazish” boʼyicha guruh nazoratchilari uchun oʼquv-seminar oʼtkazildi.

Oʼquv-seminarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriyatiga kirish test sinovlarini oʼtkazish tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida”, “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi qarorida qayd etilgan guruh nazoratchisining vazifasi va majburiyatlari toʼgʼrisida mutaxassislar tomonidan batafsil tushunchalar berildi.

Oʼquv-seminar davomida abiturientlar harakatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, ularga test sinovini topshirish tartibini hamda huquq va majburiyatlarini tushuntirish toʼgʼrisida ham maʼlumotlar berildi. Shuningdek, test sinovi qoidalarini buzgan abiturientlarga nisbatan chora koʼrish va zarur xujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari va ularni toʼgʼri qoʼllash qoidalari tushuntirildi. Seminar davomida institutimizning oʼquv ishlari boʼyicha prorektor Bahrom Аbdullajonov hamda qabul komissiyasining aʼzosi Jasur Boʼtaboyev ham soʼz olib, institutimizda test sinovlari jarayonlariga alohida tayyorgarlik koʼrilayotgani, test sinovlari jarayonida shaffoflikni taʼminlash borasida bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotganligini taʼkidladilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!