2019- yil 13-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari, pediatriya fakulteti, tibbiy profilaktika ishi va farmatsiya yo‘nalishlari talabalari ommaviy piyoda yurish tadbirini tashkil etdilar.
Erta tongda Andijon shahri, Navoiy shohko‘chasida joylashgan viloyat birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi binosi oldida talaba va professor-o‘qituvchilar yig‘ilib, viloyat hokimligi binosi tomon piyoda harakat qildilar. Marafonchilar a’lo kayfiyatda, bir-birlari bilan hamsuhbat bo‘lib, hokimlik binosi oldidan aylanib, ADTI talabalar turar joyiga keldilar.
Sog‘lomlashtiruvchi yurish tadbirida 30 nafar o‘qituvchi, 300 nafardan ziyod talabalar ishtirok etdilar.