Stomatologiya fakultetida taxsil olayotgan 3-bosqich talabalarning ota-onalari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.
Unda institut rektori M.Madazimov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova hamda fakultet dekani D.Toʻlanov ishtirok etdi.
Muloqotda talabalarning davomati, darslardagi faolliklari, talabalar turar joyi, ijara xonadonlardagi sharoitlar, odob-ahloq qoidalari, kiyinish madaniyatiga rioya qilish borasida maʼlumotlar berib oʻtildi. Ayniqsa, har bir talaba sifatli bilim olishi uchun moddiy texnika va oʻquv qurollari bilan taʼminlangan boʻlishi, amaliyot jarayonlarida muntazam ishtirok etishi kerakligi taʼkidlandi. Shuningdek, talabalarni darslarda qatnashishlarida fakultet dekanlari, uning oʻrinbosarlari hamda tyutorlar bilan hamkorlikda ish olib borish maqsadga muvofiqligi ham bildirildi.
Muloqot davomida ota-onalar ham oʻz fikr-mulohazalari va takliflari bilan oʻrtoqlashdilar. Qiziqtirgan savollariga rektordan batafsil javob oldilar.