Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OTA O‘Z QIZIGA SOG‘LOM HAYOT HADYA ETDI

13:43 22.07.2022

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 23-aprel kuni viloyatimizda ilk bor murakkab buyrak ko‘chirib o‘tkazish jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan edi. Mazkur operatsiyada Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassislari bilan birga Andijon davlat tibbiyot institutining shifokorlari ham ishtirok etgandi. Uka o‘z akasiga sog‘lom buyragini bergan edi. Hozirda aka-ukalarning ahvoli juda yaxshi.

Bugun esa mana shunday amaliyot ota va farzand o‘rtasida olib borilmqda. 34 yoshli Gulmira Bobomirzaeva bir necha yildirki, surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan aziyat chekayotgan edi. Gulmiraning otasi esa qizining sog‘lom hayoti uchun o‘z buyragini berishga ahd qildi. Operatsiya V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bir qator malakali mutaxassislari va instiutimiz rektori M.Madazimov boshchiligidagi shifokorlarimiz bilan birga olib borildi. Salkam 4 soat davom etgan jarrohlik amaliyoti muvafaqqiyatli o‘tkazildi. Ertaga, 22-iyul kuni esa erkak bemorga turmush o‘rtog‘ining sog‘lom buyragini ko‘chirib o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Skip to content Click to listen highlighted text!