O‘ZBEKISTON-TURKIYA FORUMI DOIRASIDA IKKITA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘ZBEKISTON-TURKIYA FORUMI DOIRASIDA IKKITA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

17:03 16.08.2023

Joriy yilning 16–17-avgust kunlari ko‘hna va navqiron Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining sog‘liqni saqlash vazirlari yig‘ilishi va Turkiy dunyo tibbiyot Kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ham ishtirok etmoqda. Ushbu nufuzli tadbir doirasida O‘zbekiston-Turkiya forumi ham bo‘lib o‘tdi. Forum yakunida ikki davlat tibbiyot muassasalari, sohaga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari va ularning klinikalari, xususiy sektor korxonalari va farmatsevsika kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishilib, memorandum hamda hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Xususan, forum doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.Madazimov hamda Turkiyaning Sag‘lık bilimleri universitesi rektori, professor Dr.Kemaliddin Aydin tomonidan ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorliklarni amalga oshirishga bag‘ishlangan memorandum imzolandi.

Shuningdek, 2021-yilda Turkiyaning Ege universiteti bilan hamkorlikda akademik talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ilmiy faoliyat ya’ni kongresslar, konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlar tashkil etish yuzasidan imzolangan memorandumga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!