alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘ZBEKISTONDA TIBBIYOT MUHANDISLIGI SOHASIDA MUTAXASSISLAR TAYYORLASH BO‘YICHA YANGI LOYIHA

17:32 26.04.2023

Joriy yilning 25-27-aprel kunlari Toshkent Kimyo xalqaro universitetining asosiy binosida Yevropa Ittifoqining xaqlaro Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtirilgan 101082221-UzMedEn “O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish” loyihasining uchrashuv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi kunda barcha diagnostika, davolash va reabilitatsiya jarayonlarining 80 foizdan ortigʻi tibbiy asbob-uskunalar, texnologiyalar yordamida amalga oshirilmoqda shu boisdan mamlakatimizda ushbu mutaxassislik boʻyicha kadrlar tayyorlash masalasi dolzarb hisoblanadi.

Ayni shu soha mutaxassislarini tayyorlash maqsadida 2023-yildan boshlab UzMedEn loyihasi Yevropa va Oʻzbekistonning toʻqqizta universiteti (Riga texnika universiteti (Latviya), Vilnyus texnika universiteti (Litva), Andijon mashinasozlik instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Turin politexnika universiteti, Toshkent kimyo xalqaro universiteti) Oʻzbekistonda tibbiyot muhandisligi dasturini ishga tushirdi. Loyiha 2023-2025-yillar davomida amalga oshiriladi.

Undan ko‘zlangan asosiy maqsad hamkor oliy oʻquv yurtlari ishtirokida tibbiyot muhandisligi boʻyicha magistratura dasturini ishlab chiqish, shuningdek malaka oshirish kurslarini tashkil etish va shu orqali yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalarni boshqarish va ulardan foydalanishda tibbiy diagnostika muassasalariga koʻmaklashishdan iboratdir.

Ushbu seminarda loyihaning Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan tayinlangan vakillari Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani  X.Tursunov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i B.Tursunov, Biologik fizika bioinformatika tibbiy texnologiyalar kafedrasining dotsenti Sh.Gulamov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Rasulovlar ishtirok etmoqdalar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!