Maʼlumki, Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlari va talabalari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda.
Joriy yilning 21-24 may kunlari davomida Pediatriya fakultetining 1434 nafardan ortiq talabalarining salomatliklari tekshirildi. Mazkur tadbirlarda 16 turdagi mutaxassisliklardan iborat 28 nafar professor-oʻqituvchilar ishtirok etishdi. Koʻruvlar davomida talabalarga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi. Tibbiy tekshiruvlarda mutaxassislar koʻrigi bilan birgalikda flyuorografiya, UTT, EKG va laborator tekshiruvlar olib borildi.
Salomatlik tadbirlari davom etadi. Bu gal Stomatologiya fakultetining xodimlari va talabalari tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.