Bugun, 21-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Profilaktik tibbiyot” mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazildi.
Imtihon komissiyasi a’zolari professorlar N.Mamasoliyev, A.Salohiddinov, Z.Salohiddinov, X.Tursunov, N.Uzbekova va t.f.d., dotsent Sh.Yusupovadan iborat bo‘ldi.
Jarayonlar avvalida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov imtihon qoidalari bilan tanishtirib o‘tdi.
Savollar papkasi barchaning guvohligida ochildi va talabgorlar imtihon biletlarini tanlab oldi va tayyorgarlikdan so‘ng birma bir savollarga javob berdi.
Imtihon yakunda 13 nafar falsafa doktorlik dissertatsiyalarini bajarayotgan talabgorlar sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.