QABUL KOMISSIYASI A’ZOLARI ISHTIROKIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QABUL KOMISSIYASI A’ZOLARI ISHTIROKIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

18:43 06.06.2024

Bugun, 6-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida 2024-2025-o‘quv yili Qabul hay’ati a’zolari ishtirokida “Korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov, rektor maslahatchisi X.Zokirov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov, Qabul komissiyasi mas’ul kotibi J.Ibragimov, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, qabul komissiyasi xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida mas’ullarga vazifalar taqsimlandi, qabul jarayoni davomida amalga oshiriladigan muhim masalalar yuzasidan, muhokamalar o‘tkazilib, kerakli ko‘rsatmalar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i tomonidan  2024-2025-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini shaffof holatda o‘tkazish eng muhim vazifalardan biri ekanligini aytib o‘tildi. Korrupsiya va uning oqibatlari haqida videolavha namoyish etilib, kerakli xulosalar olindi. Shuningdek, korrupsiya, uning kelib chiqish sabablari, oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!