Andijon davlat tibbiyot institutining mutaxassislari hamda viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasining malakali shifokorlari bilan hamkorlikda Qo’rg’ontepa tumanidagi 59-oilaviy poliklinikasi hududida ijtimoiy himoyaga muxtoj aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazildi. Mazkur tadbirda mutaxassislar tomonidan 3-4 guruhga kiritilgan 367 nafar aholining salomatligi oʻrganildi. Koʻruvlar davomida 4 nafar bemor uy sharoitida tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. 90 nafar bemor ambulator sharoitda davolanishga, 9 nafar bemor viloyat davolash muassasalariga yoʻllanma orqali yuborildi. Bemorlarga kerakli maslahat va tibbiy xizmatlar koʻrsatildi. Tibbiy tekshiruvlarda 137 ta UTT, 96 ta EKG va 143 ta laborator tekshiruvlari olib borildi.