Bugun, 20-aprel kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanal orqali berilgan murojaatga munosabat
Andijon davlat tibbiyot institutida ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi va unga ko‘ra quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Murojaatdagi holat yuzasidan institut birinchi prorektori, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, Davolash fakulteti dekani boshchiligida ishchi guruh tuzilib, oʻrganishlar olib borildi. Ishchi guruh tomonidan Patalogik fiziologiya kafedrasi o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, muhokama qilindi.
Unga ko‘ra, murojaatda aytilgan holat sodir etilganligi yoki bu haqida mas’ullarga xabar berganlik holati aniqlanmadi.