RASMIY MUNOSABAT – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

RASMIY MUNOSABAT

20:17 20.06.2024

Bugun, 20-iyun kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanal orqali berilgan murojaatga munosabat

Andijon davlat tibbiyot institutida ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi va unga ko‘ra quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugun viloyatimiz yoshlari uchun 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan galakonsert bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu konsertga taklif sifatida maxsus roliklar, e’lonlar ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarga yetkazildi. Institut talabalarini konsertda ishtirok etishga majburlash holatlari kuzatilmadi.

Unda talabalar va institut jamoasi ixtiyoriy tarzda qatnashdi. Viloyatimizning chekka hududlaridan kelgan talabalarga Talabalar turar joyidan xonalar ajratildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!