Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

RASMIY MUNOSABAT

09:56 16.10.2024

Ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanal orqali tarqalgan “Абу Ҳурайраҳни лох қилган андижонлик талаба” sarlavhasi ostidagi xabar yuzasidan Andijon davlat tibbiyot instituti quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur xabarda institutning 5-bosqich talabasi deb keltirilgan Abazbekov Musobek Akmalbek o‘g‘li (aslida Avazbekov Musabek Akmalbek o‘g‘li) ayni damda Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi hisoblanmaydi. Boisi, u 2021-yil 2-dekabrda (2-bosqich talabasi bo‘lgan paytda) institut rektorining 611-sh-sonli buyrug‘iga asosan o‘z arizasiga binoan talabalar safidan chiqarilgan. Shuningdek, Abu Hurayrah Muhammad (institutdagi hujjatlarda Abu Hurayra Ashraf) 2022-yil  14-iyul kungi institut rektorining 402-sh-sonli buyrug‘iga asosan talabalar safidan chiqarilgan.

Shu boisdan, M.Avazbekov hamda Abu Hurayra Ashrafni Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi sifatida tanishtirish o‘rinli emasligini ma’lum qilamiz.

Skip to content Click to listen highlighted text!