REKTOR BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHDI

14:13 08.09.2025

Bugun, 8-sentabr kuni, mamlakatimizning barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun yangi 2025/2026-o‘quv yili boshlandi.

Andijon davlat tibbiyot institutida ham o‘quv jarayonlari yuqori kayfiyatda boshlandi. Institutda talabalarni qutlash, ularni rag‘batlantirish va ilm olishga undash maqsadida bir qator tadbirlar tashkil etildi.

Institut rektori, professor Madamin Madazimov ayniqsa, bitiruvchi bosqich talabalariga alohida e’tibor qaratdi. Ular bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, bo‘lajak shifokorlarning fikr va takliflari tinglandi.

Uchrashuv davomida rektor bitiruvchilarga yakuniy bosqichda muvaffaqiyatli o‘qish, ilmiy izlanishlarda faol bo‘lish hamda kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topgan, raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishlari uchun zarur tavsiyalar berdi.

Rektor so‘zlarida ta’kidlanganidek, institut bugungi kunda o‘z oldiga tibbiyot sohasi uchun chuqur bilimli, tajribali va vatanparvar kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan. Shuning uchun aynan bitiruvchi bosqich talabalari bilim va mas’uliyatda boshqalarga namuna bo‘lishlari zarurligi qayd etildi.

Talabalar bilan bunday uchrashuvlar nafaqat ularni yangi o‘quv yiliga tayyorlash, balki ular bilan doimiy muloqotda bo‘lish, fikr almashish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, hal qilish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Skip to content