REKTOR HUZURIDA KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR HUZURIDA KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI

12:42 12.07.2024

Bugun, 12-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Qabul-2024” test jarayonlarini adolatli va shaffof o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda institut rektori M.Madazimov boshchiligida prorektorlar, rektor maslahatchilari, qabul komissiyasi a’zolari, bo‘lim boshliqlari, fakultetlar dekanlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida qabul imtihonlari jarayonlarini munosib tarzda o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga vazifalar taqsimlandi. Jarayonlar davomida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, berilgan vazifalarni sidqidildan bajarish bo‘yicha muhim eslatmalar aytib o‘tildi. Qabul komissiyasi mas’ul kotibi tomonidan belgilangan rejalar aytib o‘tildi.

Shuningdek, xorijlik abituriyentlarning ham imtihon jarayonlarini belgilangan tartibda o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!