Skip to content REKTOR INSTITUTNING MARKAZIY ILMIY-TEKSHIRISH LABORATORIYA BINOSI IMKONIYATLARINI O‘RGANDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR INSTITUTNING MARKAZIY ILMIY-TEKSHIRISH LABORATORIYA BINOSI IMKONIYATLARINI O‘RGANDI

17:22 13.05.2025

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yildagi PQ-5154-son va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-noyabrdagi 713-sonli Qarorlariga asosan Andijon davlat tibbiyot institutining 800 o‘rinli o‘quv-laboratoriya binosi hamda Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriya binolarini foydalanishga topshirish uchun shay holatga keltirilmoqda.

Bugun, 13-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutning Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriya binosida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Rektor binolarda joylashgan o‘quv xonalari, ma’ruza zallarining holatlari, laboratoriya xonalaridagi jihozlar ko‘zdan kechirdi. Mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

  • Albatta, har bir o‘quv jihozlarining yetarli ekanligi, barcha imkoniyatlarning mavjudligi ertaga talabalarning puxta va samarali bilim olishlariga hamda nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ahamiyati yuqori – dedi, rektor. Shu boisdan, o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, binoga qo‘shimcha jihozlar keltirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

adti.uz
Would like to send you notifications