Skip to content REKTOR VA BITIRUVCHI TALABALAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR VA BITIRUVCHI TALABALAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

17:02 06.02.2025

Bugun, 6-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qashqadaryo viloyatida aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari tog‘risida”gi 2024-yil 9-fevraldagi PQ-67-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2024-yil 9-apreldagi 124-sonli buyrug‘iga binoan Davolash fakultetining bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda prorektorlar, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘lim boshlig‘i, bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdi.

Dastavval, institut rektori bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda hamda ularning kasbiy faoliyatga kirishishlarida amaliyotning ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi. Ushbu pallada ustozlar ko‘magida nazariy bilimlarni jarayonda qo‘llash ko‘nikmasi ortishi haqida aytib o‘tdi.

Onlayn darslarda muntazam ishtirok etish, berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bilimlarni yaxshi o‘zlashtirishda muhim ekanligi haqida ta’kidladi.

Shundan so‘ng, talabalar bilan erkin muloqot o‘tkazildi. Unda talaba-yoshlar faoliyatlarida yuzaga kelayotgan muammolar, takliflar, amaliyot jarayonlari, masofaviy dars mashg‘ulotlari haqida so‘z yuritdi. Mazkur kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha institut rektori fakultetlar dekani va mas’ullarga topshiriqlar berdi.

adti.uz
Would like to send you notifications