alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR VA IQTIDORLI TALABALAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

19:57 23.02.2023

Ma’lumki, yurtimizda yoshlar, ularning ta’lim olishi, ish bilan ta’minlanishi masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan yoshlar ustozlar etagini mahkam tutgan holda, ko‘plab yutuqlarga erishmoqdalar. Institutning ana shunday intiluvchan yoshlarini kelgusida yanada ko‘plab marralarni zabt etib, tibbiyot sohasini rivojiga o‘z hissalarini qo‘shish istaklarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun, 23-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutning iqtidorli talabalari bilan uchrashdi.

Unda institut rektor talabalarga o‘z iqtidorlarini yanada rivojlantirish, dunyo miqyosida soha rivojiga hissa qo‘shishlari uchun zarur bo‘ladigan maslahatlar berdi. Xorijiy tillarni o‘rganib, sertifikatlarga ega bo‘lish orqali xorijda ta’limni keyingi bosqichlarida davom ettirish hamda amaliyot o‘tashlariga imkoniyat yaratishi haqida aytib o‘tdi.

O‘z navbatida talabalar ham shu kunga qadar erishgan yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida aytib o‘tdilar. Shuningdek, institut rektori talabalarning fikr-mulohazalarini tinglab, ular tomonidan aytilgan murojaat va takliflar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!