alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ROSSIYALIK MUTAXASSISLAR TOMONIDAN MA’RUZALAR O‘QILDI

11:49 29.04.2023

Joriy yilning 28-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi tomonidan jalb etilgan xorijiy mutaxassislarning  “Hamkor” xalqaro biznes markazida ma’ruzalari tashkil qilindi.

Unda Rossiya Federatsiyasi, I.I.Mechnikov nomidagi Shimoli-g‘arbiy davlat tibbiyot universiteti akademik V.G.Baranov nomidagi endokrinologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. N.Ivanov “Место сульфонилмочевины III поколения в современных алгоритмах лечения сахарного диабета 2 типа” (Sulfonilmochevina preparatlari uchinchi avlodining  Qandli diabet 2-turini zamonaviy davolash algoritmida o‘rni) mavzusida hamda Psixoterapiya va seksologiya kafedrasi assistenti, t.f.n. S.Vixodtsev “Психотерапия эндокринных заболеваний” (Endokrin kasalliklarining psoxoterapiyasi) mavzusida ma’ruza olib bordilar. Ma’ruzada kafedra professor-o‘qituvchilari, magistr va ordinatrlar, Davolash fakulteti 4-bosqich talabalari, Andijon viloyat endokrinologiya dispanseri va tuman endokrinologlari qatnashdilar.

Mutaxassislar mavzularni illyustratsiyalarga boy taqdimotlar yordamida, tajribalaridagi hayotiy misollar bilan batafsil tushuntirib berdilar. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga  atroflicha javob olib, o‘rgangan bilimlarini yana-da mustahkamladilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!