Аndijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan bir qator mahallalardagi uyushmagan yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, kasbga yoʼnaltirish borasida turli toʼgaraklar tashkil etilgan. Unda yoshlarga Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida professor-oʼqituvchilarimiz tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda. Inkubattsiya va akseliratsiya markazi xodimlari tomonidan “Sanoat” MFY yoshlari uchun axborot kommunikatsion texnologiyalarga oid mahorat darslari oʼtildi. Unda 15 nafar oʼgʼil-qizlarga komyuter va kompyuter dasturlarida ishlash yoʼnalishlari oʼrgatildi.