“STOMATOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI. NAZARIYADAN AMALIYOTGA” MAVZUSIDA XORIJLIK MUTAXASSISLAR ISHTIROKIDA KONFERENSIYA O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“STOMATOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI. NAZARIYADAN AMALIYOTGA” MAVZUSIDA XORIJLIK MUTAXASSISLAR ISHTIROKIDA KONFERENSIYA O‘TKAZILDI

16:05 26.04.2024

Bugun, 26-aprel kuni  Andijon davlat tibbiyot institutida “Stomatologiyaning dolzarb muammolari. Nazariyadan amaliyotga” mavzusida xorijlik mutaxassislar ishtirokida stomatologiya va yuz-jagʻ jarrohligi boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, Stomatologiya fakulteti dekani D.To‘lanov hamda Dog‘iston davlat tibbiyot universitet Stomatologiya fakulteti dekani, dotsent T.Abakarov, Rossiya stomatologiya assotsiatsiyasining “Stomatologiyada onkologik skrining” bo‘limi raisi o‘rinbosari, yuz-jag‘ jarrohi I.Kryajinova hamda respublikamizning qator viloyatlaridan kelgan soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Anjumanni institut rektori kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda tibbiyot sohasida muhim o‘zgarishlar barobarida stomatologiyaning ham rivojlanib borayotgani haqida so‘z yuritdi. Sohada xalqaro hamkorliklarni kengaytirish yanada rivojlanish va tajriba almashishga keng imkoniyatlar yaratishini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng ma’ruzalarga navbat berildi. Unda qatnashchilar “Bioaktiv qoplamali “Implant.UZ” stomatologik implantlarini qo’llash istiqbollari”, “Yuz va bo’yin kuyishi oqibati bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash bosqichlarida davolash-profilaktika dasturini takomillashtirishga tabaqalashtirilgan yondashuv”,  “2-toifa qandli diabet bilan og’rigan bemorlarda periodontitni davolashda splinting tizimlarining samaradorligini qiyosiy baholash”, “Yuz-jag’ atrofi periostitining klinik kechishida sorbentlarni qo’llash”, “Kuyish, tsikatrisial mikrostomiya oqibati bo’lgan bemorlarni jarrohlik davolashni optimallashtirish” kabi mavzularda ma’ruzalarini o‘qib eshittirdi.  Anjuman yakunida faol qatnashchilar va xorijlik mutaxassislar sertifikat bilan taqdirlandi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!