![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2021/06/photo_2021-06-02_12-22-51.jpg)
Bolalarga quvonch va shodlik ulashishda davom etilyapti. 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Stomatologiya fakulteti reabilitologiya va otorinoloringologiya kafedrasi xodimlari viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi Bolalar uyi tarbiyalanuvchilaridan xabar oldilar. Jajji o‘g‘il-qizlarga sovg‘alar bilan bir qatorda shirin so‘z va mehribonlik hadya etgan institut xodimlarining o‘zlari ham beg‘ubor bolalikka qaytdilar go‘yo.