Bugun, 16-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutining Talabalar turar joyida 17-noyabr — “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan talaba-yoshlar o‘rtasida “Istiqlol mash’ali tinchlik posboni” shiori ostida fakultetlararo osh musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada fakultetlardan 4 ta jamoa jamoada oshpazlikda mahoratli talabalar milliy taomimiz bo‘lgan palovni tayyorlab, o‘zaro bellashdi.
Tanlov yakuniy natijalariga ko‘ra:
1-o‘rinni – Stomatologiya fakulteti;
2-o‘rinni – Farmatsiya fakulteti;
3-o‘rinni – Pediatriya fakulteti jamoalari egalladi.
Shuningdek, institut rahbariyati tomonidan talabalar uchun katta doshqozonlarda mahoratli oshpazlar tomonidan osh damlandi. Qaynoqqina palov TTJda yashovchi talabalarga ulashildi.
Biz so‘z bilan aytganda bayram bayramdek bo‘ldi.