Shu kunlarda talaba-yoshlar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida fakultetlararo “Talabalar korrupsiyaga qarshi” mavzusida davra suhbati oʻtkazilmoqda. Unda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi rahbari, fakultet dekanlari va uning oʻrinbosarlari ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida mutaxassislar talabalarga korrupsiyaning kelib chiqishi, uning salbiy oqibatlari, pora beruvchi, oluvchi va vositachilik qiluvchi har qanday shaxslar qonun oldida javob berishlari videorolik hamda amaliy jarayonlar asosida tushuntirib berildi. Ayniqsa, koʻngilli talabalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish yoshlar klubini tashkil etilganligi va bu klubga barcha talabalar aʼzo boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumot berdilar.
Shuningdek, tadbir davomida salbiy illatlar taʼsiriga tushib qolmaslik, internet, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlardagi osossiz xabarlarga ishonib qolmaslik borasida ham taʼkidlab oʻtdilar.