Bugun, 23-iyul kuni, Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.


Mazkur tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlari va talabalari ishtirok etdi. Unda mas’ullar tomonidan harbiy texnika, harbiy qurollar va amaliy jarayonlarda qo‘llanadigan vositalar bilan yaqindan tanishtirdi.


Harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari va sport musobaqalaridan olingan videolavhalar yoshlarga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Kamondan o‘q uzish mashqlarida talabalar faol ishtirok etdi.


Mazkur tadbir yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularda Vatanga sadoqat, fidoyilik va fuqarolik mas’uliyati kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi. Yakunda faol qatnashchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi. Institut rektori M.Madazimovga hamkorlik uchun tashakkurnoma taqdim etildi.




