O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoni hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024-yil 2-sentabrdagi PQ-330-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek “Ta’lim grantlarini iqtidorga yo‘naltirish, grant kvotalarining taqsimlanishida raqobat muhitini yaratish va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarorini institutda amalga oshirish va uning tartibi bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi.



Yig‘ilishda barcha fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, yo‘nalishlar boshliqlari, o‘quv-uslubiy bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi. Seminarni o‘quv ishlari prorektori v.b. B.Mirzakarimov olib bordi va barchaga xukumat qaror va farmoni bilan tanishtirib o‘tdi. O‘quv uslubiy bo‘limi boshlig‘i Q.Isaqov qatnashchilarga grant o‘rinlarni qayta taqsimlash tartiblari bo‘yicha taqdimot qilib berdi hamda ishtirokchilarning savollariga javob berib o‘tdi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i S.Asqarov ushbu muhim jarayonni odil va shaffof tashkil etish bo‘yicha seminar ishtirokchilariga o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.


