Joriy yilning 14–16-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston Respublikasida Fiziologiya fanidan o‘tkazilgan «Human Matrix» nomidagi III Butunrossiya xalqaro talabalar olimpiadasida Andijon davlat tibbiyot instituti talabalaridan tashkil topgan jamoa ishtirok etib qaytdi.
Fiziologiya kafedrasi o‘qituvchisi D.Ergasheva hamrohligidagi M.Soliyev (Pediatriya fakulteti), N.Alimov (Davolash fakulteti), A.Dadaboyev (Pediatriya fakulteti), S.Esonov (Davolash fakulteti) lardan tarkib topgan institutimiz jamoasi olimpiadaning «Приближённые к звёздам» («Yulduzlarga yaqin») nominatsiyasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Barcha talabalarimizni institut jamoasi nomidan ushbu g‘alaba bilan qizg‘in muborakbod etamiz! Parvozingiz baland bo‘lsin aziz talabalar!