TALABALARNI TURAR JOY BILAN TA’MINLASH BO‘YICHA KOMISSIYA HAY’ATI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALARNI TURAR JOY BILAN TA’MINLASH BO‘YICHA KOMISSIYA HAY’ATI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

16:45 12.03.2024

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 605-sonli qarori bilan 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari) ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetidan to‘lab berilmoqda.


Andijon davlat tibbiyot institutida mazkur qaror ijrosini ta’minlash bo’yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda, ular qatorida komissiya hay’ati yig‘ilishi ham o‘tkazildi. Ayni shu qarorning ijrosi yuzasidan institutning Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni bo‘lim boshlig‘i D.Matmusayev yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi. Unga ko‘ra, institutning 960 nafar talabalariga oylik ijara to‘lovining 50 foizi to‘lab berilmoqda. Bo‘lim xodimlari tomonidan doimiy tarzda talabalarning ijara xonadonlariga borib, nazorat qilinmoqda. Yangi shartnomalar tuzish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berilmoqda.


Yakunda, yig‘ilish qatnashchilari tomonidan aytilgan talabalarning ijara xonadonlaridagi sharoitlar o‘rganilganda aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan vazifalar hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olindi.

Skip to content Click to listen highlighted text!